Biz haqimizda

«Takro» bolalar trikotaj libosi endilikda Uzbekiston bozoriga ham kirib keldi!

«Takro» - bolalar va chaqaloqlar uchun uy ichida, sport va mehmonga kiyiladigan kiyimlarni keng ko’lamdagi turlarini tavsiya etadi. Siz turli naqshdagi, bichimdagi, rangdagi, ekologik toza, zamonaviy dizayndagi mahsulotlarimizni tanlab olishingiz mumkin. Barcha mahsulotimiz Italiya va Yaponiyadan keltirilgan yuqori texnologik asbob- uskunalarda ishlab chiqariladi. Yuqori sifatli paxtali matodan biz hatto eng kichik bolajonlar uchun ham mumkin qadar qylay bo’lgan libos yaratamiz, angliyalik dizayin ustalari yuzaga keltirgan zamonaviy ko’rinishdagi liboslar, ularni turfa ranglari faqat bolalar kayfiyatini ko’taribgina qolmasdan balki ularning ota-onalarini ham kayfiyatini ko’taradi.

Eksportga yo’naltirilgan o’n yil mobaynida olib borgan samarali mehnatimiz tufayli biz Rossiya, Bellorussiya va Angliya bozorlariga kirib bordik. Natijada o’nlab Yevropa va boshqa sifat sertifatlariga ega bo’ldik.

Endilikda Uzbekiston bozorida ishlayotganimizni mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz. Shu bois Siz “Takro” liboslarini bizning do’konlarimizda va saytimizda ham ulgurji, ham donalab xarid qilish imkoniga egasiz.

 

Nima uchun ota-onalar farzandlariga «Takro» liboslarini tanlashadi:

1. Biz faqat ekologik toza xom-ashyo ishlatamiz.

2. Barcha liboslarimiz juda chiroyli va foydalanishga qulay.

3. Bizning trikotaj chidamliligi bilan farq qiladi.

4. «Takro» liboslari zamonaviyligi va betakrorligi bilan ajralib turadi.

5. Biz liboslarimizni hammabop narhda taklif qilamiz.